Kuzatuvchi va kutib oluvchilar uchun qoidalar

Keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari boshlanishi munosabati bilan 2023-yil 8-dekabrdan boshlab Toshkent xalqaro aeroportidagi yoʻl oʻtkazgichga kirish yopiladi. Avtotransport vositalari va sayyohlik avtobuslarining kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida alohida yo‘lovchilarni tushirish/olish yoʻlagi tashkil etilgan.

Shuningdek, terminal rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan “Toshkent” xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlar hamrohligidagi shaxslarga terminal ichiga kirishga ruxsat etiladi. Kuzatuvchilar o'zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo'lishlari kerak.

Quyidagi havolani bosish orqali aeroport terminalidan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz: Aeroport terminalidan foydalanish qoidalari

 

 

09 Jan, 2022