Yuk

Parvozni rejalashtirish va aviachipta sotib olayotganda, siz bagaj va qo'l yuklari normasi bilan tanishishingiz lozim. Bepul yuk tashish normasi - og'irligi, hajmi va joylar soni - parvoz yo'nalishi va yo'lovchiga xizmat ko'rsatish toifasiga bog'liq va aviakompaniya qoidalari bilan belgilanadi. Bagajni tashish qoidalari haqida ma'lumotni aviakompaniyaning veb-saytida va aviatashuvchining kassalarida olish mumkin. Shuningdek, bepul bagaj normasi to'g'risidagi ma'lumotlar, qoida tariqasida, chiptaning tegishli grafasida ko'rsatiladi yoki bron qilish paytida ko'rsatiladi.

 

Quyidagilar katta o'lchamdagi yuk sifatida qabul qilinmaydi:

·    dumalab ketishga moyil bo'lgan narsalar: naychalar, koptoklar, dumaloq sumkalar;

·        uzun, bo'sh remenli sumkalar;

·        yumshoq yoki tik turmaydigan buyumlar (masalan, plastik paketlar);

·        mo'rt buyumlar: elektron jihozlar, shisha;

·        hayvonlar;

·        sumkalar uchun aravachalar.

 

Katta o'lchamdagi yuk.

Aviakompaniya tashish uchun qabul qilinadigan bagaj hajmiga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Agar yuk belgilangan cheklovlarga javob bermasa, u katta o'lchamli hisoblanadi va alohida rasmiylashtiriladi. Iltimos, katta o'lchamdagi yukingizni tashish imkoniyati haqida aviakompaniyaga oldindan murojaat qiling.

 

! Katta o'lchamdagi bagaj - bu aviakompaniya tomonidan belgilangan og'irlik va o'lchamdagi chegaralardan oshib ketadigan yuk. Masalan, musiqa asboblari, sport anjomlari - snoubord yoki velosiped, maishiy texnika. Bunday bagaj uchun to'lov alohida amalga oshiriladi.

 

Katta o'lchamdagi bagajni tashish to'lov uning og'irligiga qarab amalga oshiriladi.

 

 Bagaj va qo'l yukida olib o'tish taqiqlanadi:

● Magnit materiallar;

● shok xolatiga tushuruvchi qurilmalar;

● radioaktiv moddalar;

● zaharli va toksik moddalar, yuqumli moddalar solingan paketlar, simob, antifriz, tormoz suyuqligi va boshqalar;

● Siqilgan va suyultirilgan gazlar: propan va boshqalar, o'z-o'zini himoya qilish uchun balonlar, zajigalkalar va boshqalar;

● Tez yonuvchi moddalar: atseton, benzin, gugurt, purkagichli bo'yoq va boshqalar;

● Yonuvchan qattiq moddalar: o'z-o'zidan yonishi mumkin bo'lgan yoki suv bilan aloqa qilganda yonuvchi gazlar chiqaradigan moddalar va boshqalar;

● Korroziv va korroziyaga olib keluvchi moddalar: simob, kislotalar, gidroksidlar, organik peroksidlar va boshqalar;

● Portlovchi moddalar va ular bilan to'ldirilgan buyumlar: porox, o'q-dorilar, detonatorlar, pirotexnika va boshqalar.

 

Qo'l yukida olib yurish taqiqlanadi:

● 100 ml dan ortiq hajmdagi idishlardagi suyuqliklar, gellar va aerozollar;

● Har qanday turdagi qurollar va uni taqlid qiluvchi buyumlar;

● O'tkir uchli va tig'li buyumlar: tirgak, qaychi, igna, bolta, pichoq, qilich, xanjar va boshqalar;

● Maydalovchi qurollar: bitalar, har xil turdagi dubinkalar, qo‘l jangi jihozlari va boshqalar;

● Ish qurollari: arra, drellar va boshqalar.

 

Ko‘zdan kechirish chog‘ida musodara qilingan, muomalaga ruxsat berilgan, lekin havo kemasi bortida tashish taqiqlangan buyumlar yo‘lovchining yozma arizasiga binoan saqlash xonasiga topshiriladi.

 

Samolyot saloniga "Duty Free" do'konlaridan sotib olingan buyumlarni olib kirishga ruxsat etiladi, agarda ular kassada polietilen paketga solinib, xarid safar kuni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya bilan muhrlangan bo‘lsa. Belgilangan joyga yetib borgunga qadar paketlar ochilmasligi kerak.

 

Yuklarni tashish qoidalari haqida ko'proq bilib oling.

 

Bagajni qadoqlash

 

Aeroport terminaliga kirishda siz bagajni o'rash xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Diqqat! Yuklarni plyonka bilan qadoqlash xizmati pullik xizmat bo'lib aeroportlarda bagajni ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur shart hisoblanmaydi.

Ro'yxatdan o'tishda bagajda oldingi reyslardagi teglar va shtrix-kodlar bo'lmasligi kerak.

 

Shikastlanish yoki bagajning yo'qolishi bilan bog'liq savollar bo'yicha, bagajni qidirish bo'limiga murojaat qiling.

 

09 Jan, 2022