Belgilangan manzilda hamrohsiz bola bort kuzatuvchilaridan, o'z mas'uliyatiga olgan holda, aviakompaniya vakili yoki aeroport kuzatuv xizmatining vakolatli xodimi tomonidan qabul qilinadi hamda chegara va bojxona nazoratidan o'tishda, bagaj va o'tkazmalarni qabul qilishda yordam beradi va bolani kutib oluvchiga topshiriladi.
Hamrohsiz bolani kutib oluvchiga topshirish, kutib oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati tekshirilib, "Hamrohsiz bolani tashish to'g'risidagi So'rov" da ko'rsatilgan ma'lumotlar bilan solishtirilganidan so'ng amalga oshiriladi.
Agar belgilangan joyda bolani hech kim kutib olmasa, aviakompaniya yoki aeroport vakili “Ota-ona yoki vasiylarning deklaratsiyasi” asosida bolaning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan choralarni ko'rish, shu jumladan, hamrohsiz bolani dastlabki jo'nab ketish aeroportiga qaytarish yoki uchib kelish mamlakatining vakolatli organlarining javobgarligiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish vakolatiga ega.
Favqulodda vaziyatlarda aeroport xodimi yoki aviakompaniya vakili favqulodda vaziyatlarda yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish qoidalarida nazarda tutilgan barcha tartiblarni bajarishda va hamrohsiz bolani birinchi navbatda jo'natishda bolani kuzatib borishni ta'minlaydi.
09 Jan, 2022