Bagaj yo'qolgan yoki shikastlangan taqdirda, yo'lovchi uchib kelish zalini tark etmasdan Yo'qolgan bagajlsrni qidirish xizmati xodimlariga murojaat qilishlari lozim. Bagaj shikastlanganda yo'lovchi bagaj yorlig'ini, bagaj yo'qolgan taqdirda bortga chiqish talonini taqdim etishi va bagaj to'g'risidagi ma'lumotlari blankasini to'ldirishi lozim. Mas'ul xodim barcha savollarga javob beradi va bagajni tezkor qidirishni tashkil qiladi, shuningdek, buning uchun barcha kerakli hujjatlarni tayyorlaydi. Xizmat yo'lovchilar uchun mutlaqo bepul asosda ko'rsatiladi.
Yo'qotilgan bagajni qidirish dalolatnoma to'ldirilgan paytdan boshlab boshlanadi va aviatashuvchi tomonidan belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Agar bu vaqtdan keyin bagaj topilmasa yoki topilsa, lekin shikastlangan bo'lsa, moddiy kompensatsiya to'lash va uning miqdori to'g'risidagi qaror aviatashuvchi tomonidan, har bir holat uchun alohida, qabul qilinadi.
09 Jan, 2022